“TASVIRIY OYNA” ijodiy uyushmasiga tashrif

2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ni targ‘ib etishga qaratilgan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26 aprel kuni Termiz shaxrida Surxondaryo viloyati hokimligining tashabbusi bilan Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi tashkilotchiligida 2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ni targ‘ib etishga qaratilgan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ijodiy uyushmaning rahbari Isfandiyor Latipov o‘zing 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” tasviriy vositalar orqali amalga oshiriladigan ma’naviy va ma’rifiy matnlar, qaydlar, hikmatli so‘zlar, xalq maqollari va shiorlar bo‘yicha tavsiyalar” kitobi haqida so‘z yurtdi. Ushbu seminarda Termiz filiali vakillari sifatida O‘quv va tabiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Saidne’mat Umarov, “Ma’naviya va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sherali Ablakulov va “Pedagogika” fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishla bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Turamurodovlar ham ishtirok etishdi