«XOTIRA MUQADDAS, QADR ABADIY»

Talabalar «Xotira muqaddas, qadr abadiy» shiori ostida maxallada yashovchi faxriylar va keksa otaxonu onaxonlar xolidan xabar olishdi

9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali «Xotira muqaddas, qadr abadiy» shiori ostida ulug‘ vatan urushi qatnashchilari, urush orti mehnat faxriylari baynalminalchi jangchilar hamda yoshi ulug‘ nuroniy otaxonlaru onaxonlar xolidan xabar olish, ularga yaqindan ko‘maklashish hamda xayot darslaridan ibrat olish maqsadida filialning Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 102 va 102 guruh murabbiylari Ro‘ziyeva Nazira va Avliyoqulov Toliblar o‘z talabalari bilan birgalikda Termiz shaxri Guliston maxallasida istiqomat qilayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy o‘qituvchi, Afg‘on urushi qatnashchisi, baynalminalchi jangchi faxriy Saidmurodov Jolmurod va uning quroldoshlari Qulto‘rayev Murtozo va Raxmonov Batir xonadonlarida bo‘lib qaytishdi. Faxriylarimiz yoshlarga boshlaridan kechga og‘ir sinovli kunlarni gapirishib, tinchligimizga ko‘z tugmasin, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin deb duolar qilishdi. Filialniing barcha guruh talabalari murabbiylari hamrohligida shu maxallada yashovchi faxriylar va keksa otaxonu onaxonlar xolidan xabar olishlari har doim amalga oshirilib kelinmoqda. “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi