«USTOZ QADRI ULUG‘DIR»

“Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi”

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori Q.Baymirov va professor-o‘qituvchilar xamrohligida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Termiz shaxrida yashovchi mehnat faxriysi ustoz falsafa fanlari nomzodi dotsent Jabbor ota Omonturdiyevlar xonadonida bo‘lishdi. Ustoz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedgogika universitetida faoliyat olib borgan damlarni to‘lqinlanib gapirib o‘tdilar. O‘z vaqtida oliy dargohda faoliyat yuritgan ustozlarni eslab o‘tdilar. Yangi avlod vakillariga omadlar tilab qoldilar. Bejiz aytilmaydi, “Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi”.

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali ma’muriyati