«XOTIRA MUQADDAS, QADR ABADIY»

Termiz filiali direktori bir qator xodimlar xamrohligida Xurram bobo Murtozayev xonadonida bo‘lishdi

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali direktori Q.Baymirov va bir qator xodimlar xamrohligida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Termiz shaxri Do‘stlik maxallasida yashovchi Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi, mehnat faxriysi Xurram bobo Murtozayev xonadonida bo‘lishdi. Bir muddatli qisqi suhbat Xurram bobo va tashrif buyurganlar qalbiga quvonch olib keldi. Xurram boboning 70-80 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedgogika institutida (o’sha vaqtlarda institut bo‘lgan) ishlaganlari haqida to‘lqinlanib gapirib o‘tdilar. Bobo yurtimiz tinchligiga, vatanimiz ravnaqiga va odilona siyosat yuratayotgan yurboshimiz hamda rahbarlarimizga uzoqdan uzoq duolar qildilar.

“Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi