Samarqandga sayohat

Termiz filiali bir guruh talabalari va professor-o‘qituvchilari Samarqandga sayohat uyushtirishdi

Joriy yilning 5-6 may kunlari Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali bir guruh talabalari va professor-o‘qituvchilari ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi. Sayyohlar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi va boshqa tarixiy obidalar, diqqatga sazovor joylarni ko‘rib, ulkan taassurotlar bilan qaytishdi