Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hisobot taqdimot bo`lib o`tdi

Joriy yilning 27 iyun kuni universitetda 2017/2018 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdimoti va talabalar teatr studiyasining “Ikkinchi tumor” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Tadbir boshlanishidan oldin universitet hovlisida fakultetlar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan joriy o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Qo‘ysinov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda 2017-2018 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy sohada o‘tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarga universitet rahbariyati tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shundan so‘ng Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Qo‘ysinov 2017/2018 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdimoti bilan universitet jamoasini yaqindan tanishtirdi. Tadbir davomida talabalar teatr studiyasining “Ikkinchi tumor” spektakli sahna ko‘rinishi tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.