Xalqaro ilmiy-ta’limiy tadbir

“Oliy ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni o’qitishning dolzarb muammolari”

Tafsilot

Qisqacha

“Oliy ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni o’qitishning dolzarb muammolari”

Batafsil

2018 yil 2-iyun kuni Nizomiy nomidagi TDPU “O’zbekistonda demokratik jamiyati qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida Shanxaydagi Sharqiy Xitoy universitetidan kelgan bir guruh professor-o’qituvchilar bilan kafedra a’zolari o’rtasida “Oliy ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni o’qitishning dolzarb muammolari” mavzuida davra suhbati o’tkazildi. Shanxaylik professorlar Lyu Gang va Day Yong O’zbekistonga qilgan sayohatlari taassurotlari hamda o’zlari ishlaydigan o’quv yurti faoliyati va kelgusi rejalari haqida so’zlab berdilar. Davra suhbati davomida tomonlar Sharqiy Xitoy universiteti bilan TDPU o’rtasida ta’lim sohasida o’zaro hamkorlik qilish istiqbollari xususida fikr almashdilar