Tinglovchilarga diplomlar topshirildi

"Defektologiya", "Amaliy psixologiya" va "Maktabgacha ta`lim" yo`nalishlari tinglovchilari 4 oylik maxsus kursni tamomlashdi

Tafsilot

Qisqacha

"Defektologiya", "Amaliy psixologiya" va "Maktabgacha ta`lim" yo`nalishlari tinglovchilari 4 oylik maxsus kursni tamomlashdi

Batafsil

2018 yil 22 fevralda tashkil qilingan Kasbiy qayta tayyorlash kursiga oliy ma'lumotli pedagog kadrlar uchun "Defektologiya (Logoped)", "Amaliy psixologiya", "maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi" kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga kursni tamomlagan tinglovchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda universitet rektori SH.S.Sharipov, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig'i K.G'ofurov, Toshkent shahar Maktabgacha ta'lim boshqarmasi mas'ul xodimalari, universitet professor-o'qituvchlari, guruh rahbarlari va tinglovchilar ishtirok etishdi. Tinglovchilardan Rasulova Gulchehra, Karimova Mohichexra va Oltiboyeva Sanobarlar so'zga chiqib o'qish mobaynidagi olgan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qo'shgan ulkan hissalari uchun universitet rahbariyatiga, mas'ul xodimlarga va professor-o'qituvchilarga minatdorchilik bildirishdi