7 avgust kuni magistratura uchun kirish imtihonlari boshlandi

Universitetimizda 7 avgust kuni magistratura uchun kirish imtihonlari boshlandi

Tafsilot

Universitetimizda 7 avgust kuni magistratura uchun kirish imtihonlari boshlandi

Batafsil

Joriy yil universitetga 29 mutaxassislik bo‘yicha jami 120 nafar magistrantni qabul qilish rejalashtirilgan. Ushbu o‘rinlar uchun 381 nafar bakalavr hujjat topshirgan bo‘lib, Pedagogika va psixologiya, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishlari uchun magistrlikka talabgorlar ko‘pchilikni tashkil etdi. Shu paytga qadar magistratura bosqichi uchun imtihonlar 4 bosqichda amalga oshirilgan bo‘lsa, bu yilga kelib, ikki yo‘nalish bo‘yicha sinovlar tashkil etilmoqda. Bular – mutaxassislik hamda chet tili fanlari. Yangi dasturga muvofiq, talabalarning chet tili bo‘yicha bilimlari “O‘qib tushunish”, “Yozma ish” hamda “Gapirish” bo‘limlari asosida sinovdan o‘tkaziladi. Imtihonning ilk kunida abiturientlar o‘qib tushunish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajardilar hamda berilgan mavzuda 200 so‘zdan kam bo‘lmagan esse yozdilar. Qayd etish lozimki, imtihonning ilk kunida magistratura yo‘nalishida o‘qishga hujjat topshirgan 381 talabaning 311tasi ishtirok etdi. Hujjat topshirgan abiturientlarning 5 nafari Davlat stipendiyalari sohiblari, bir nafar xorijlik abiturient maxsus suhbat asosida magistraturaga qabul qilinadi. 64 abiturient esa imtihonlarga vaqtida yetib kelmagan. Imtihon davomida 11 nafar abiturient qoida buzganlik uchun dalolatnoma asosida imtihondan chetlashtirilgan. Bugun, 8 avgust kuni chet tili bo‘yicha og‘zaki imtihonlar bo‘lib o‘tadi. 10 avgust kuni esa talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha imtihon topshirishadi. Toshkent Davlat Pedagogika universiteti matbuot xizmati