O‘QUV ARXEOLOGIYA MUZEYI FAOLIYATI

2001 yilda Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakulteti qoshida akademik A.Asqarov boshchiligida o‘quv arxeologiya muzeyi tashkil etildi. 

Tafsilot

Qisqacha

2001 yilda Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakulteti qoshida akademik A.Asqarov boshchiligida o‘quv arxeologiya muzeyi tashkil etildi. 

Batafsil

Muzeyda mavjud eksponatlar 2001 yil Surxondaryo viloyatiga uyushtirilgan arxeolik amaliyot natijasida topilgan topilmalardan iborat. Akademik A.Asqarov boshchiligadagi amaliyotga 2 ta aspirant, 4 ta magistr va 27 nafar talabalar jalb qilingan. Amaliyot davrida topilgan arxeologik ashyolar universitetga olib kelingan va universitet o‘quv arxeologiya muzeyiga asos solindi.

         2017 yilda universitetning o‘quv arxeoligiya muzeyiga alohida joy ajratilib, zamonaviy muzey ko‘rinishiga keltirildi. Muzey ochilishida Respublikamizdagi yetuk tarixchi olimlar ishtirok etishdi. Hozirgi kunda muzeyda 15000 dan ortiq eksponatlar mavjud bo‘lib, ularning har biriga alohida izoh berilgan. Fakultet talabalari o‘qish jarayonida nazariy bilim va ko‘nikmalarni amaliyot bilan muvofiqlashtirishlarida o‘quv arxeologiya muzeyining ahamiyati benihoya kattadir. O‘quv arxeologiya muzeyiga talabalardan tashqari muntazam ravishda mahalla aholisi, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, shuningdek xorijiy mamlakatlardan ham qator olimlarning tashriflari davom etmoqda.