Iqtidorli talabalar faoliyatidan lavhalar

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratilgan

Tafsilot

Qisqacha

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratilgan

Batafsil

Universitetda tahsil olayotgan talabalarning bо‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida hamda talabalarning о‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va klublarga qatnashishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalarda chet tillarni о‘rganishlari uchun 3 ta tilda tо‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Ushbu tо‘garak va klublarga a’zo iqtidorli talabalar quyidagi yutuqlarga erishgan.

Xalqaro va respublika olimpiadalarida va nufuzli tanlovlarda sovrinli о‘rinlarni qо‘lga kiritgan va mukofot (diplom)larga sazovor bо‘lgan talabalar haqida.

Xalqaro miqyosda. Universitetda tahsil olayotgan 22 nafar talaba xalqaro tanlovlarda yuqori natijalargni qо‘lga kiritdi. Jumladan: 2-bosqich talabasi Jumatova Luiza Qozog‘iston Respublikasi Olmaota “IV-Xaliqaraliq ener kolledjderi arasindag‘i Art-Camfay” tanlovida 3-о‘rinni, Sheraliyev Nursultan Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi qoshidagi O.Mabov nomidagi Respublika Ochiq turnirda “Ushu” sport turi bо‘yicha musobaqada 1-о‘rinni, Vasixov Ali-Akbar 2017 yil 12-13 avgust kunlari Janubiya Koreya Poxang shahri 17-Poxang meri kubogi uchun Xapkido sport turining 2 yо‘nalishi bо‘yicha  Xalqaro turnirda  1-о‘rinni egallagan. XXRda о‘tkazilgan xalqaro futbol turnirida universitet jamoasi 8 davlatdan ishtirok etgan 12 jamoa о‘rtasida faxrli 2-о‘rinni egallagan. 2017 yil 6-13 sentabr kunlari Xitoyning Sian shahrida о‘tkazilgan 5-Xalqaro simpoziumining 1 konferensiyasida musiqiy ta’lim yо‘nalishi talabalari Moxinur Burxonova va Sanjar Alimovlar g‘olib sifatida diplom bilan taqdirlangan.

Respublika miqyosida. Fan olimpiadalari va nufuzli tanlovlarda 27 nafar universitet talabalari tomonidan sovrinli о‘rinlar qо‘lga kiritilgan. Jumladan: Masharipov Aziz Velosport-trek sport turi bо‘yicha juftlik guruhi poygasida 3-о‘rinni, Zokirov Xasan va Matkarimova Nilufar Oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida talabalar uchun ta’sis etilgan "Kamolot stipendiyasi" sovrindorlari, Bekmirzayeva Feruza Respublika Talabalar teatr studiyasi festivalida “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi g‘olibi, Maxmudjonov Muxammad “Dressaj” sport turi bо‘yicha О‘zbekiston yoshlari chempionatida 1-о‘rinni, Sobitov Kamronbek Diatlon bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi chempionati musobaqasida 1-о‘rinni va Oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida talabalari о‘rtasida “Talabalar sport haftaligi” doirasida о‘tkaziladigan “Suzish” musobaqalarida 7 ta kо‘rsatkich bо‘yicha g‘oliblik diplomlari bilan taqdirlangan.

Shuningdek Kasb ta’limi fakulteti talabasi Esonova Ozoda “О‘zbekiston ayollarning 100 ta eng yaxshi innavotsion loyihasi” I Respublika tanlovida “Iqtidorli qizning eng yaxshi istiqbolli innovatsion g‘oyasi” tanlovida о‘z innavotsion loyihasi bilan g‘olib bо‘lgan, Xikmatov Nodirjon О‘zbekiston Xapkido Federatsiyasi Xapkido bо‘yicha О‘zbekiston chempionatida 1-о‘rinni, Sheraliyev Nursultan Kikboksing bо‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionatida 3-о‘rinni, Zayseva Kseniya Ot sport turi bо‘yicha О‘zbekiston yoshlararo chempionatida 1-о‘rinni, “Dressaj” sport turi bо‘yicha О‘zbekiston yoshlararo chempionatida 2-о‘rinni, Chuprigina Irina Slalomda eshkak eshish bо‘yicha О‘zbekiston ochiq kubogining birinchi bosqichida 9 ta kо‘rsatkich bо‘yicha 1-2 о‘rinlarni, Slalomda eshkak eshish bо‘yicha yuqori tezlik bilan pastga tushish О‘zbekiston chempionatida 1-о‘rinni, Krivosheina Mariya Akademik eshkak eshish bо‘yicha О‘zbekiston chempionati 1-о‘rinni, Madraimova Nasiba Slalomda eshkak eshish bо‘yicha Respublika turnirida 11 ta kо‘rsatkich bо‘yicha 1-2-3-о‘rinlarni egallashgan. Saxatov Miran О‘zbekiston, Osiyo, Jahon va parolimpiya о‘yinlari chempioni, Tojiyev Dilshod START UP tanlovi g‘olibi, Shadiyeva Bahora hamda Jumatova Luizalar IV Xalqaro suratlar festivali Art-Samg‘ay 2017da  ishtirok etib yuqori о‘rinlarni qо‘lga kiritgan.

2016-2017 о‘quv yilida 12 nafar iqtidorli talaba fan olimpiadalari bо‘yicha sovrinli о‘rinlarni qо‘lga kiritdi. Shulardan M.О‘ktamova, A.Alimova, D.Tillayeva, M.Pariyeva, M.Tuyaxovalar 1-о‘rinni, K.Gulmirzayeva, I.Ozodboyev, U.Tuxtashevlar 2-о‘rinni va A.G‘aniyev, G.Ismoliova, K.Axmadaliyeva, X.Fayzullayevalar 3-о‘rinni egallaganlar.

Shuningdek, 2016-2017 о‘quv yilida 3 nafar talaba nomli davlat stipendiyasi sovrindori bо‘ldi. Shulardan M.Ziyavuddinova I.Karimov nomidagi davlat stipendiyasi va X.Begimkulov, U.Tuxtashevlar Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bо‘lishdi.