Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor hamda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`limi funksional vazifalari

      Проректор по работе с молодежью является ответственным за воспитательно-образовательный процесс и за духовно-нравственное воспитание

Tafsilot

      Проректор по работе с молодежью является ответственным за воспитательно-образовательный процесс и за духовно-нравственное воспитание

Batafsil

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Qo‘ysinov Odil Almuratovich

YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA PROREKTOR

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, shuningdek, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, universitet talabalari ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, ularda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod inson shaxsini shakllantirish masalasi, talaba-yoshlarning siyosiy ongini, xushyorligini yanada oshirish, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatini tarbiyalash, hozirjavobligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli xil ekstremistik oqimlar ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayoniga mas’uldir.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor:

- Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlarining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi va ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qiladi.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalar, professor-o‘qituvchilar orasida targ‘ibot qilish va har tomonlama tushuntirishni tashkil qiladi, buning uchun maxsus kurslar joriy etadi, turli uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalarini muntazam ravishda uyushtiradi.

- Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar boyicha qabul qilingan hujjatlarini universitet jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ularda belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.

- Universitetning sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tuzilmalarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qiladi.

- Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasida ko‘rsatilgan tarbiyaviy ishlar majmuasining bajarilishi yuzasidan tegishli takliflarni rektorga kiritadi.

- “Ma’naviyat kunlari”ning yuksak saviya va talab darajasida o‘tishini nazorat qiladi.

- Universitetda tuzilgan jamoatchilik tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

- Fakultetlar, fakultetlararo kafedralar ma’naviy-ma’rifiy ishlarini nazorat qiladi.

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR VA IQTIDORLI YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI HAQIDA

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi universitetda o‘tkaziladigan, talabalarni milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha kabul kilingan xujjatlari va ko‘rsatmalarini universitet jamoasiga o‘z vaktida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan о‘rinbosarlari va jamoatchilik kengashlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Talabalar uylarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etadi.

Kutubxona ma’naviy-ma’rifiy hayotini nazorat qiladi.

“Axborot guruhi” uchun yetarli shart - sharoitlar yaratadi.

Murabbiylar Kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.

Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda turli jamoatchilik tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy maqsadlarda ijodiy, intellektual, kasbiy to‘garaklar, klub va yig‘inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Universitet ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida universitet jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta’minlaydi.

 

 

 

 

 

 

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i – Musayeva Nodira Maxmudovna

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i:

- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, turli tashkilotlardan bo‘limga kelib tushayotgan Hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar, chora-tadbirlar va xatlar ijrosini ta’minlashni nazorat qilib boradi;

- Davlat dasturlari va hujjatlarda berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlashni nazorat qiladi;

- Universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi hamda universitet Kengashi qarorlari ijrosini ta’minlaydi;

- Universitet qoshida tashkil etilgan “Psixologik markaz” faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- Akadem guruhlarda o‘tkazilayotgan “Axborot va murabbiylik soatlari” nazoratini olib boradi;

- Universitetda hamda Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida olib borilayotgan ko‘rik-tanlovlarni tashkil etish va hisobotlarini umumlashtirishni nazorat qiladi;

- Universitetda va talabalar turar joylarida tashkil qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishdagi faollikni nazorat qiladi;

- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan о‘rinbosarlari tomonidan bajarilayotgan hisobotlarning monitoringini olib borishni nazorat qiladi;

- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan о‘rinbosarlari bilan o‘tkaziladigan yig‘ilish bayonnomasini tayyorlashni nazorat qiladi;

- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan о‘rinbosarlariga uslubiy tavsiyalar berishni yo‘lga qo‘yadi;

- Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- Universitetda o‘tkazilayotgan umumxalq bayramlarini yuqori saviyada tashkil etishni ta’minlaydi;

- “Ma’naviyat kunlari”ning nazoratini olib boradi;

- Universitet talabalarining turli tashkilotlarda tashkil qilinayotgan tadbirlardagi ishtirokini ta’minlaydi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi metodistlari – Hamidova Xurshida, Xо‘jayev Munis, Abdug‘aniyev Ozod

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi metodistlari:

- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, turli tashkilotlardan bo‘limga kelib tushayotgan Hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar, chora-tadbirlar va xatlar ijrosini ta’minlaydi;

- Davlat dasturlari va xujjatlarda berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlaydi va elektron variantini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yetkazadi;

- Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar bayonnomalari, universitetning ichki U buyruqlarini tayyorlaydi;

- Universitetda o‘tkazilgan ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar xisobotini tayyorlaydi;

- Akadem guruhlarda o‘tkazilayotgan “Axborot va murabbiylik soatlari” nazoratini olib boradi;

- Universitetda hamda Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida olib borilayotgan ko‘rik-tanlovlarni tashkil etadi va hisobotlarini umumlashtiradi;

- Universitetda va talabalar turar joylarida tashkil qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilishda faol ishtirok etadi;

- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan о‘rinbosarlari tomonidan bajarilayotgan hisobotlarni monitoringini olib boradi;

- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan о‘rinbosarlari bilan o‘tkaziladigan yig‘ilish bayonnomalarini tayyorlaydi;

- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan о‘rinbosarlariga uslubiy tavsiyalar berib boradi;

- Universitetda o‘tkazilayotgan umumxalq bayramlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etadi;

- “Ma’naviyat kunlari”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruhlar bilan tadbir nazoratini olib boradi;

- Universitet talabalarini turli tashkilotlarda tashkil qilinayotgan tadbirlardagi ishtirokini ta’minlaydi;

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor kotiba-ish yurituvchisi

Djо‘raboyeva Gо‘zal Javlon qizi

• Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektoriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik Hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemnomalarini qayd etish va ular ijrosini nazoratga oladi;

• Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor huzuriga kelgan fuqarolarni ro‘yxatga olib, ular tomonidan ko‘rilgan masalalarni qayd qilib borish;

• Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, turli tashkilotlardan bo‘limga kelib tushayotgan Hay’at qarorlari, buyruqlar, modemnomalar, chora-tadbirlar va xatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlarni jo‘natadi;

• “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlarni ma’naviyat va ma’rifat markaziga jo‘natadi;

• Universitetda o‘tkazilayotgan umumhalq bayramlarini tashkillashtirishda faol ishtirok etadi;

• Bo‘lim tomonidan chiqarilgan buyruqlarni o‘z vaqtida imzolatadi va kerakli bo‘limlarga yetkazadi;

• Bo‘lim hujjatlar yig‘ma jildi ro‘yxatini tayyorlaydi.