Psixologiya o`quv-ilmiy markazi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya” o'quv-ilmiy markazi

Markazni tashkil etishning huquqiy asoslari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi 3151-sonli «Oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiy sektorning ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Farmoni;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 sentyabrdagi "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida psixologiya uchun o'quv-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 775-sonli qarori;

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 3-noyabrdagi 815-sonli "Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi  Psixologiya o'quv-ilmiy markaz Nizomi va Markaz faoliyatining rejasi to'g'risida" gi buyrug'i;

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorining 2017 yil 9 oktyabrdagi 687-sonli "Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 5 oktyabrdagi 731-sonli buyrug'ini bajarish to'g'risida" gi buyrug'i.

                                O'quv-ilmiy markazining tuzilmasi

- Pedagogik psixologiya laboratoriyasi

- Rivojlanish psixologiya laboratoriyasi

- Shaxsiy psixologiya va shaxslararo munosabatlar laboratoriyasi

- Psixologik xizmat va ma’rifat bo'limi

- Psixologlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'limi.