Muammolarga birgalikda yechim izlaymiz: Universitetda Jamoatchilik kengashi tuzildi

Kengashning asosiy vazifalari ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish; universitetga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish; talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va universitetning tegishli kengashi muhokamasiga kiritishdan iborat.

Tafsilot

Kengashning asosiy vazifalari ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish; universitetga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish; talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va universitetning tegishli kengashi muhokamasiga kiritishdan iborat.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3775-son qaroriga muvofiq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzurida Jamoatchilik Kengashi tuzildi. Kengashning asosiy vazifalari ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish; universitetga professor-o‘qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar berish; talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va universitetning tegishli kengashi muhokamasiga kiritishdan iborat. Ushbu vazifalarini bajarish davomida Kengash - Ta’lim sifati, professor-o‘qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatadi. - Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar beradi. - Talabalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog kadrlar (professor-o‘qituvchilar, pedagoglar) haqidagi fikrini to‘liq o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi. - Universitetdagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Jamoatchilik kengashi 29 nafar a’zodan iborat tarkibni tasdiqladi. Shunga ko‘ra, universitet Kengashi turli sohalarda faoliyat olib boruvchi 4 komissiyaga ajratildi. 1. Ta’lim jarayonining tashkil etilganlik holatini o‘rganish va taxlil qilish komissiyasi; 2. Ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash holatini o‘rganish hamda taxlil qilish komissiyasi; 3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yo‘lga qo‘yilganligi va jamoa orasida ma’naviy-sog‘lom muhitni o‘rganish komissiyasi; 4. Yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha yaratilgan shartsharoitlarni o‘rganish va taxlil qilish komissiyasi. Mazkur komissiyalarga biriktirilgan a’zolar universitetdagi ta’lim jarayoning borishi, talabalar bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi borasida tekshiruvlar o‘tkazib, yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida kengash majlislarida axborot taqdim etadi. Ilk majlisda kengash a’zolariga yangi ishga kelgan professor-o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazish, ularning ochiq darslarida ishtirok etish, universitetdagi darslarning tashkil etilishini o‘rganish, 2018-2020 yillar uchun innovatsion ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etishni tashkillashtirish, TTJlarga talabalarni joylashtirish kabi masalalar vazifa sifatida topshirildi. Universitet matbuot xizmati