Universitetda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kengaytirilgan majlis bo'lib o'tdi

Bugun,  4 sentyabr kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan soha prorektorlari,  bo‘lim boshliqlari,  dekanlar,  dekan muovinlari,  kafedra mudirlari va asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar ishtirokida 2018/2019 o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Tafsilot

Batafsil

Yig‘ilishda unirversitet rektori Sharipov Sh. S.  so‘zga chiqib,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror,  farmon va farmoyishlarida,  Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlarida,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlarida oliy ta’lim muassasalari va professor-o‘qituvchilari oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida gapirdi.  Muassasa rahbari so‘nggi yillarda universitet o‘zining o‘quv binolariga ega bo‘lgani,  yangi yo‘nalishlarda va joriy o‘quv yilida mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qabulning barcha shakllari bo‘yicha universitetda talabalikka qabul amalga oshirilgani to‘g‘risida so‘zladi.  

- Universitet faqat son bo‘yicha emas,  balki sifat bo‘yicha ham o‘smoqda,  - dedi o‘z so‘zida rektor.  – yangi o‘quv yili oldidan ilgari optimallashgan kafedralar qayta tiklanmoqda.  O‘tgan o‘quv yilini 8 fakulьtet va 33 kafedra bilan yakunlagan bo‘lsak,  joriy o‘quv yilini 9 fakultet hamda ular tarkibida 38 kafedra bilan boshlaymiz.  

Chuningdek,  muassasa rahbari universitetda xorijiy mamlakatlar OTMlari bilan ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarda aloqalarni yo‘lga qo‘yilayotgani to‘g‘risida ma’lum qildi.  Xususan,  Belorusiya pedagogika universiteti bilan tabiiy fanlar doirasida hamda Rossiya Uzoq Sharq universiteti bilan ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,  universitetlar o‘rtasida qo‘shma fakultetlar ochish rejalashtirilmoqda. 

Majlisda universitetning yangi 2018/2019 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati,  yangi ta’lim shakllarida o‘quv jarayonini tashkil etish,  universitetning yangi tarkibiy tuzilmasini amalda joriy etish bo‘yicha vazifalar,  1-kursga talabalarni qabul qilish masalalari yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ergashev D.U. so‘zga chiqdi.  

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Qo‘ysinov O.A.  yangi 2018/2019 o‘quv yili boshlanishida “Mustaqillik darslari”ni va 1 kurs maktabini tashkil qilish,  talabalarga TTJdan joy ajratish tartibi to‘g‘risida ma’ruza qildi.  

Ilmiy ishlar va innovotsiyalar bo‘yicha prorektor Abdullaeva B. S univeritet reytingi ko‘rsatkichlarini oshirish va 110 ballik tizimni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lum qildi.  

Majlisda shuningdek,  akademik A.Asqarov so‘zga chiqib,  universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy faoliyatiga doir fikrlarni bildirdi.   

Tadbir so‘ngida ertaga,  5 sentyabr o‘quv yilining ilk kuni ekani ma’lum qilindi. 

Universitet matbuot xizmati

Mavzuga oid