“Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!”

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 276 maktabda birinchi sinf o‘quvchilarini maktabga tantanali qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi TDPU professori M.Jumaev ishtirok etdi.

Tafsilot

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 276 maktabda birinchi sinf o‘quvchilarini maktabga tantanali qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi TDPU professori M.Jumaev ishtirok etdi.

Batafsil

2018 yil 5 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 276 maktabda birinchi sinf o‘quvchilarini maktabga tantanali qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Nizomiy nomidagi TDPU professori M.Jumaev, mahalla qo‘mitasi raisi, Shayxotohur tumani Xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari ishtirok etishdi. Prof. M.Jumaev o‘z chiqishida Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovning o‘quvchilarning bilim olishga, ijodiy ishlarga bo‘lgan rag‘batlarini rivojlantirish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab quvvatlashni taklif qildi. Shu bilan birga “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” g‘oyasi va shuningdek, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yoshlarning o‘qishga motivatsiyasini oshirishda yangi, o‘ziga xos uslubdan foydalanish to‘g‘risida murojaatiga javoban yoshlarni tafakkurli va dunyoqarashi keng tasavvurli qilib tarbiyalash o‘quvchilarni o‘qishga chin dildan qiziqtira olish ularni kasb-hunarga yo‘naltirish kun tartibimizdagi dolzarb masal ekanligi to‘g‘risida pedagogik jamoa bilan ham fikrlashdi.