Maxsus pedagogika

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti  Maxsus pedagogika fakulteti  rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan respublikadagi  yagona fakultet hisoblanadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika fakulteti rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan respublikadagi  yagona fakultet hisoblanadi.

        O‘zbekistonda defektolog-mutaxassislar  tayyorlash deyarli ellik bir yil avval yo‘lga qo‘yilgan va o‘sha vaqtda Nizomiy nomidagi  Toshkent davlat pedagogika universiteti (instituti) O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda anomal bolalar ta’lim-tarbiyasi  bilan  shug‘ullanuvchi  kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim dargohi hisoblangan.

1966-yilda Xalq ta’limi vazirligi taklifi bilan Kengash chaqirildi. Ushbu kengashda sobiq O‘zSSR maorif vaziri o‘rinbosari S.A.Panchenko, ilmiy kotib – M.N.Xodjayeva, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutidan N.R.Raxmanov, 66-yordamchi maktab direktori G.Sh. Aytmetova, 1-sonli maxsus internatdan A.N.Sitkovskaya, D.M.Orenberg, defektologiya sohasi bo‘yicha yetuk rossiyalik olimlardan professor, fan doktorlari M.I.Zemsova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, fan nomzodlari M.I.Kuzmiskayalar ishtirok etdilar. Kengashda asosiy ko‘riladigan masala «O‘zbekistonda defektolog kadrlarni tayyorlash» masalasi edi. Kengashda ushbu masala o‘rganib chiqilib, O‘zbekistonda defektolog kadrlar tayyorlash haqidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarordan so‘ng 1967-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat  pedagogika institutining «Pedagogika va psixologiya» fakultetida Defektologiya bo‘limi ochildi. 

      1973-yilda pedagogika va psixologiya fakultetining “Defektologiya” bo‘limida “Surdopedagogika” yo‘nalishi ham ochildi, bo‘limga 27 nafar talaba qabul qilindi. Shu vaqtdan e’tiboran, zaif eshituvchi va kar bolalar maktabi uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi.    

1981-yilda Defektologiya kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘lindi: “Oligofrenopedagogika va logopediya” hamda “Surdopedagogika va defektologiyaning klinik asoslari” kafedralar tashkil etildi. Ikkala kafedrada o‘n yettita o‘qituvchi ilmiy va pedagogik faoliyat olib bordilar. Jumladan, bitta professor, tibbiyot fanlari doktori: M.G.Mirzakarimova, yettita fan nomzodi, dotsentlar: S.Sh.Aytmetova, A.I.Sagatov, I.A.Alimova, R.M.Qoriyeva, S.G.Kim, I.G.Radisheva, E.B.Em, ikkita katta o‘qituvchi: O.S.Maymor, V.S.Raxmanova, yettita o‘qituvchi: K.X.Mamedov, X.Po‘latova, N.A.Mazalova, M.Mirzaxmedova, O.S.Rogacheva, I.K.Kislitsina, N.V.Sosedova shular jumlasidandir.

       1981-yilda defektologiya alohida  fakultet maqomiga erishdi va  fakultetda talabalar  sonining ortib borishi bilan milliy kadrlarni  tayyorlashga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Bu masalani hal qilish maqsadida  fakultetning professor-o‘qituvchilari  Moskva, Kiev va boshqa shaharlardagi oliy ta’lim muassasalarining Defektologiya fakultetlariga biriktirildi.

1999-o‘quv yilidan boshlab  Defektologiya fakulteti  Boshlang‘ich ta’lim fakulteti bilan  birlashtirildi hamda surdopedagogika,  tiflopedagogika,  oligofrenopedagogika, logopediya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi  birinchi Prezidenti  I. A. Karimov tomonidan 2007-yilni “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilinishi  hamda  shu asosida qabul qilingan “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturida  defektolog kadrlarni tayyorlash masalasiga  katta e'tibor berildi. Ushbu dasturda  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Defektologiya fakulteti Boshlang‘ich ta’lim fakultetidan  ajralib chiqdi va fakulteti qoshida “Korreksion pedagogika” va “Maxsus ta’lim metodikalari” kafedralari tashkil etildi.

2016-yilda Defektologiya fakulteti  Pedagogika va psixologiya fakulteti bilan  birlashtirildi. Ushbu fakultetda Defektologiya, Maktabgacha ta’lim va Psixologiya, Psixologiya faoliyat turi  yo‘nalishlari faoliyat olib borildi. 2017-yilda Defektologiya yo‘nalishi bo‘yicha Sirtqi va Maxsus sirtqi bo‘limlari tashkil qilindi.

2018-yilda Defektologiya mustaqil fakultet maqomiga ega bo‘lib, Maxsus pedagogika nomi berildi va fakultet qoshida uchta: Logopediya, Oligofrenopedagogika va Surdopedagogika kafedralari tashkil qilindi. Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi va kechki bakalavr, maxsus sirtqi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yildan boshlab bakalavr ta’lim yo‘nalishiga oligofrenopedagogika, logopediya, surdopedagogika  yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi. Magistratura bo‘limida ham oligofrenopedagogika, logopediya, surdopedagogika mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 

Fakultetda bitta pedagogika fanlari doktori L.R. Muminova, uch nafar professor: pedagogika falari nomzodi M.Yu. Ayupova, filologiya fanlari nomzodi Z.N. Mamaradjabova, pedagogika falari nomzodi P.M. Pulatova,  yetti nafar dotsent        X.M. Pulatova, L. Sh. Nurmuxamedova, Z.M. Axmedova, Sh.M. Amirsaidova,          

D.A. Nurkeldiyeva, M.P. Xamidova,  N.V. Sosedova, katta o‘qituvchilar Z.I. Islambekova, PhD N.Z. Abidova, M.U. Xamidova, S.M. Pulatova, o‘qituvchilar N.Q. Abidova, I. Xamrayeva,            N.Z. Raxmonova, N. Musaeva, B.X. Xusniddinova, D.A. Musaeva, S.Yu. Shamsiyeva O. Axmedova, N.S.Yodgorova, D.T.Gapurovalar ilmiy  va pedagogik faoliyatini olib borishmoqda. Hozirgi kunda ushbu fakultetda dekan vazifasini psixologiya fandari nomzodi, dotsent N. G‘. Kamilova bajarmoqda.