Nizomiy nomidagi TDPU Belorus pedagogika universiteti bilan hamkorlikda pedagog kadrlar tayyorlaydi

18-21 sentabr kunlari BDPU vakillarining universitetga tashrifi rejalashtirilgan.

Tafsilot

Qisqacha

18-21 sentabr kunlari BDPU vakillarining universitetga tashrifi rejalashtirilgan.

Batafsil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim sohasi uchun xalqaro standartlar talablariga javob beradigan, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Mazkur yо‘nalishdagi faoliyatni takomillashtirish uchun universitet qator xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik tо‘g‘risidagi memorandumlar imzoladi.

 

Hozirda Belorusning pedagogika sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi – Maksim Tank nomidagi Belorus davlat pedagogika universiteti bilan muzokaralar olib borilmoqda. 18-21 sentabr kunlari BDPU vakillarining universitetga tashrifi rejalashtirilgan. Mazkur tashrif davomida quyidagilar tо‘g‘risidagi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda:

  • О‘zbek-Belorus ilmiy markazini tashkil etish;
  • Nizomiy nomidagi TDPU va BDPU hamkorligida qо‘shma fakultet ta’sis etish.

О‘zbek-Belorus ilmiy markazi о‘zaro ilmiy hamda innovatsion aloqalarni yanada rivojlantirish yо‘lida ikki mamlakat о‘rtasida kо‘prik bо‘lishi kutilmoqda. Mazkur markazda ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari о‘zaro fikr almashadi, hamkorlikda seminar hamda konferensiyalar tashkil etiladi. Qо‘shma fakultet esa hamkorlikda pedagog kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Ayni vaqtda logopediya ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr hamda magistrlar tayyorlash bо‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Shuningdek, kelajakda mazkur fakultet faoliyatini kengaytirib, psixologiya hamda maktabgacha ta’lim sohalarida mutaxassis tayyorlash rejalashtirilmoqda.