Bitiruvchilarining ishga joylashishi bo'yicha OTM reytingi tuzildi

Britaniyaning statistika tashkiloti tomonidan bitiruvchilarning ishga joylashish ko'rsatkichi bo'yicha top-500 universitetlar xalqaro reytingi tuzildi.

Tafsilot

Britaniyaning statistika tashkiloti tomonidan bitiruvchilarning ishga joylashish ko'rsatkichi bo'yicha top-500 universitetlar xalqaro reytingi tuzildi.

Batafsil

Britaniyaning QS Quacquarelli Symonds tashkiloti tomonidan bitiruvchilarning ishga joylashish ko'rsatkichi bo'yicha top-500 universitetlar xalqaro reytingi tuzildi. QS uchinchi reytingi natijalari tashkilot saytida e`lon qilingan.

Ro'yxatning birinchi o'rnidan Massachusetts texnologiyalar instituti (AQSh) joy oldi, deb xabar bermoqda Kun nashri. Ikkinchi va uchinchi pog'onalarni mos ravishda Stenford universiteti (AQSh) hamda Garvard universiteti (AQSh) egalladi.

Keyingi o'rinlardan Kaliforniya texnologiyalar instituti (AQSh), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), Oksford universiteti (Buyuk Britaniya), London universiteti kolleji (Buyuk Britaniya), London imperiya kolleji (Buyuk Britaniya), Chikago universiteti (AQSh), Tsyurix texnologiyalar federal instituti (Shveytsariya) joy oldi.

Shuningdek, top-20ga Nanyang texnologiyalar universiteti (Singapur), Lozanna politexnika federal instituti (Shveytsariya), Prinston universiteti (AQSh), Kornell universiteti (AQSh), Singapur milliy universiteti (Singapur), Yyel universiteti (AQSh), Jon Xopkins universiteti (AQSh), Kolumbiya universiteti (AQSh), Pensilvaniya universiteti (AQSh), Avstraliya milliy universiteti (Avstraliya) kiritildi.

Mavzuga oid