Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ishlaydigan talabalar o‘quv sessiyasiga qanday qatnashadi?

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalariga o‘quv sessiyasida ishtirok etish uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik o‘rtacha oylik maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi. Kursda qoldirilgan talabalarga esa haq to‘lanmaydigan taklif xabarnomasi beriladi.

Tafsilot

Qisqacha

Batafsil

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim bitiruvchisiga yakuniy davlat attestatsiyalaridan o‘tish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va jadvalida belgilangan muddatlarda ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik o‘rtacha maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi. Bitiruv malakaviy ishini yakunlash davrida bitiruvchi xizmat qilayotgan muassasa unga 30 kalendar kunlik maoshi saqlanmagan qo‘shimcha ta’til berishi mumkin. Talaba ish joyidan tashkilot rahbari va buxgalteri imzosi bilan shu davr uchun haq to‘lanmaydigan ta’tilda ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limga taqdim etadi.