Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘quv jarayoni qanday tartibda tashkil etiladi?

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘quv jarayoni ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi.

Tafsilot

Batafsil

Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida (odatda, sentyabr-oktyabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 10 kunlik o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Talabalarga mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi.