Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda fanlarni to‘liq o‘zlashtira olmagan talabaga imkoniyat beriladimi?

Uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda o‘zlashtira olmagan talabalarga muddati qo‘yilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi o‘quv yiliga o‘tmasligi lozim.

Tafsilot

Batafsil

Shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta o‘qish uchun kursda qoldiriladi. Talaba birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, talabalar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan mustasno.

Mavzuga oid