“Pedagogika va psixologiya” fakulteti dekanining TTJga tashrifi

2018 yil 14 sentyabr kuni “Pedagogika va psixologiya” fakulteti dekani X. Sh. Qodirov va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.U.Abdullayeva, fakultet dotsenti S.Umarovlar 8-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.

Tafsilot

Batafsil

TTJda istiqomat qiladigan Pedagogika fakulteti talabalarining yashash sharoiti va kayfiyati bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar turar joyida talabalar tomonidan TTJ talablariga rioya qilinishini nazorat qildilar. Shu bilan birga talabalar bilan yaqindan muloqot o‘tkazildi, ularning muammolari, takliflari o‘rganildi. Suhbat davomida talabalar ustozlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar, ularni o‘ylantirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Ochiq muloqot juda qiziqarli, jonli o‘tib, talaba-yoshlarda katta taasurot qoldirganligi tufayli bunday jarayonni tez-tez o‘tkazish bo‘yicha takliflar berildi.