“Kitobxonlik–ma’naviyat sarchashmasidir!”

“Kitobxonlik–ma’naviyat sarchashmasidir!” mavzusida navbatdan tashqari tadbir bo'lib o'tdi

Tafsilot

“Kitobxonlik–ma’naviyat sarchashmasidir!” mavzusida navbatdan tashqari tadbir bo'lib o'tdi

Batafsil

“Kasb ta’limi” fakultetida “Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan A.O.Ashirboyev va N.X.Gulomovalar 2018 yil 15 sentyabrda 7-TTJda talabalar bilan “Kitobxonlik–ma’naviyat sarchashmasidir!” mavzusida navbatdan tashqari tadbir o‘tkazdi. Tadbida 20 dan ortiq talabalar qatnashdi. Tadbir talabalarning qiziqishi va faolligi bilan o’tdi. A.Ashirboyev- Kitob mutooalasi avvalo, qiziqish, o’qishga havas qilish bilan boshlanishi, so’ngra u insonning do’sti va uning kundalik hayot mazmuniga aylanishi xususida fikrlar bildirdi. Kiitob o’qish insonning rang-barang olamni bilishi hech kimga sir emasligini takidladi. Talabalar Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning “….. sakkizinchi mo‘jiza sifatida e’tirof etiladigan kitob inson qalbining chinakkam hamrohi va fikr qarog‘idir” degan gaplarining mag’zi va mazmuni haqida fikr-mulohazalar bildirishdi. N.Gulomova – kitobni asrab avvaylash, undan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida so‘zladi. Kitob- insoning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va fikrlash quroli, xazinalar kaliti va tafakkur hamda bilim manbai ekanligi haqida gapirdi.