Yurtimizga Belarus davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Bugun, 19 sentabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga  Belorus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Ivanovich Juk boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tafsilot

Bugun, 19 sentabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga  Belorus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Ivanovich Juk boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Batafsil

Tashrifdan kо‘zlangan asosiy maqsad О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Belarus Respublikasi ta’lim vazirligi hamkorligida о‘zbek-belarus ta’lim markazini ochish, hamkorlikda kadrlar tayyorlash masalasini amaliy yо‘lga qо‘yishdan iborat.

Xorijiy hamkorlarni kutib olish marosimida Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori sо‘zga chiqib, Belarus davlat pedagogika universiteti bilan о‘zaro istiqbolli aloqalar tо‘g‘risida gapirdi.

Tashrifning ilk kunida TDPU va BDPU hamkorligida “Innovatsion pedagogika” о‘zbek-belorus qо‘shma fakultetini ochish bо‘yicha shartnoma imzolandi. Qо‘shma fakultetda dastlab logopediya yо‘nalishi bо‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Shuningdek, xorijiy delegatsiya ishtirokida oliy ta’limni tashkil etish, yangi avlod о‘quv-uslubiy adabiyotlarini yaratish va xorijiy ilg‘or tajribalarni о‘rganish bо‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri U.Majidov, TDPU rektori SH.S.Sharipov va xorijlik 20dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi.

Universitet matbuot xizmati