Toshkentda Belarus davlat universiteti bilan hamkorlikda “Innovatsion pedagogika” qo‘shma fakulteti ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan idoralararo oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetida “Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belorus qo‘shma fakulteti tashkil etilmoqda.

Tafsilot

Batafsil

Toshkent davlat pedagogika universitetida Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich, Belorus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Juk boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu borada kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda Toshkent davlat pedagogika universiteti va Belarus davlat pedagogika universiteti o‘rtasida “Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belorus qo‘shma fakultetini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Qo‘shma fakultet shu yilning oktyabr oyida o‘z ishini boshlaydi va unga dastlab logopediya yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafar talaba qabul qilinadi. O‘quv jarayonlari ikki davlatning eng ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda o‘zbek va belorus professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

Qo‘shma fakultetda talabalar o‘qish va amaliyotning bir qismini Belarus davlatida o‘tishadi hamda bitiruvchilarga Belarus va Toshkent davlat peadagogika universitetlarining diplomi (double degree) beriladi.

Hozirda “Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belarus qo‘shma fakultetiga hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish va o‘quv jarayonini boshlash, professor-o‘qituvchilarni jalb qilish bilan bog‘liq masalalar birgalikda hal etilmoqda.