Talabalarda ijtimoiy faollikni oshirish

2018 yil 26 sentabr kuni kuni Fizika-matematika fakultetining Informatika о‘qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi IО‘M 301 guruh murabbiysi N.S.Xaytullayeva hamda guruh talabalari ishtirokida "Talabalarda ijtimoiy faollikni oshirish (ichki tartib qoidalarga rioya qilish)" mavzusida trening bо‘lib о‘tdi. Trening talabalarda yuqori taassurot qoldirdi.

Tafsilot

Batafsil

Treningning maqsadi OTMda, jumladan guruhda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obrо‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga kо‘maklashish, OTMning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdan iboratligi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z mas’uliyatini his etadigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bо‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassislarni tayyorlashdan iboratligi uqtirildi