Korrupsiya - milliy xavfsizlikka tahdid

Joriy yilning 26 sentabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari о‘rtasida “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

Tafsilot

Joriy yilning 26 sentabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari о‘rtasida “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi

Batafsil

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha prorektor O.Qо‘ysinov kirish sо‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan kо‘zlangan asosiy maqsad, professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlarni tо‘g‘ri yо‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerakligi tushuntirishdan iborat ekanligini ta’kidlab universitetda ham bu borada kо‘pgina amaliy tadbirlar о‘tkazib kelinayotganligi haqida tо‘xtalib о‘tdi.

 

Shundan sо‘ng sо‘zni Toshkent shahar IIB boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlar va yoshlar о‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bо‘limi boshlig‘i A.Ochilovga berdi. A.Ochilov о‘z sо‘zida – “Huquqbuzarlikni amalga oshirgan hamda korrupsiya jinoyatiga qо‘l urgan fuqarolarga beriladigan jazo turlari haqida”, hamda ushbu Qonun 6 bob, 34 moddadan iborat. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi tо‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib о‘tdi.

 

Keyingi sо‘z navbati О‘zbekiston Respublikasi, IIV Yong‘in xavfsizligi instituti о‘quv jarayonini tashkillashtirish bо‘limi katta о‘qituvchi-metodisti podpolkovnik B.Xodjiyeva о‘z sо‘zida “Qonunning maqsadi-korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tо‘g‘risi”da hamda davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga” qaratilgan munosabatlarni shakllantirish tо‘g‘risida fikr yuritdi. О‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan kо‘plab normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilingani, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonunlari shular jumlasidan ekanligi haqida tadbir ishtirokchilariga keng tushuncha berib о‘tdi.

 

О‘zbekiston Respublikasi, IIV Yong‘in xavfsizligi instituti о‘quv jarayonini tashkillashtirish bо‘limi katta о‘qituvchi-metodisti podpolkovnik D.Rasulova sо‘zga chiqib jinoyat qodeksining 210-moddasida kо‘rsatib о‘tilgan Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining о‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bо‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini kо‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan о‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bо‘lishi, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 211-moddasida kо‘rsatib о‘tilgan Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning о‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bо‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini kо‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkinligi tо‘g‘risida qonunchilikda belgilab qо‘yilganligini haqida gapirib о‘tdi.

Tadbir davomida “Korrupsiya jaxolatga yо‘l” nomli film namoyish etildi.Tadbir sо‘ngida talaba-yoshlar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha prorektor O.Qо‘ysinov, Toshkent shahar IIB boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlar va yoshlar о‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bо‘limi boshlig‘i A.Ochilov, О‘zbekiston Respublikasi, IIV Yong‘in xavfsizligi instituti о‘quv jarayonini tashkillashtirish bо‘limi katta о‘qituvchi-metodisti podpolkovnik B.Xodjiyeva, О‘zbekiston Respublikasi, IIV Yong‘in xavfsizligi instituti о‘quv jarayonini tashkillashtirish bо‘limi katta о‘qituvchi-metodisti moyor N.Petrunina, О‘zbekiston Respublikasi, IIV Yong‘in xavfsizligi instituti о‘quv jarayonini tashkillashtirish bо‘limi katta о‘qituvchi-metodisti podpolkovnik D.Rasulova hamda Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan muovinlari, professor-о‘qituvchilar va 410 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.