MUKOFOT MUBORAK, QADRLI USTOZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan yurtimizning bir guruh ustoz va murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Tafsilot

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan yurtimizning bir guruh ustoz va murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotlanganlar qatorida Toshkent davlat pedagogika universitetining jonkuyar pedagoglari ham borligi quvonarli.

1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tirof etilgan ustoz-murabbiylar qatorida Toshkent davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti Madyarova Svetlana Aminovna «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Universitet rahbariyati hamda pedagoglar jamoasi nomidan Madyarova Svetlana Aminovnani ushbu sharafli mukofot bilan muborakbod etamiz. Yosh avlod tarbiyasi yo’lidagi fidokorona mehnatlarida kuch-quvvat hamda muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet matbuot xizmati