“Muallim – qalb me’mori”. Universitetda Ustoz va murabbiylar kuni nishonlandi

“Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila” (Alisher Navoiy)

Tafsilot

“Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila” (Alisher Navoiy)

Batafsil

“Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila” (Alisher navoiy) 1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Muallim – qalb me’mori” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori Sh.S.Sharipov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda kelajak avlodga ta’lim-tarbiya berishga o‘zining ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘i va umrini baxshida etgan, shuningdek, yurtimiz ilm-fan rivoji hamda ta’lim sohasida fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh universitet professor-o‘qituvchilarni taqdirlandi. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 sentyabrdagi “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan «Mehnat shuhrati» ordenini qo‘lga kiritgan Toshkent davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti Madyarova Svetlana Aminovna ham universitet rahbariyati tomonidan alohida e’tirof etildi.

Mamlakatimizda 1996 yildan buyon nishonlanib kelinayotgan “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” yoshlarimizga ta’lim tarbiya berishdek mas’uliyatni zimmasiga olgan soha vakillarining xizmatlari uchun berilgan munosib taqdirlovdir. Tadbirda so‘z olgan universitet rektori Sh.S.Sharipov so‘nggi yillarda yurtimizda o‘qituvchi va murabbiylarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko‘ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo‘lishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida so‘zladi. Shuningdek, universitet rahbari ushbu imkoniyatlar Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilar jamoasiga, bo‘lajak pedagoglarni yetishtirib chiqaruvchi ustoz-murabbiylarga ikki hissa mas’uliyat yuklashini ta’kidladi.

Universitet matbuot xizmati

Mavzuga oid