Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan 1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Bayramingiz muborak aziz ustozlar” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi

2018 yil 28 sentyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Bayramingiz muborak aziz ustozlar” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi.

Tafsilot

2018 yil 28 sentyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Bayramingiz muborak aziz ustozlar” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi.

Batafsil

2018 yil 28 sentyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan “Bayramingiz muborak aziz ustozlar” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda fakultetning faxriy ustozlari, professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Bayram tadbirini universitet o’quv ishlari bo’yicha prorektori D.U. Ergashev ochib, bayramga taklif etilgan ustozlarni, fakultet jamoasini ma’rifat ahlining sharafli bayrami Ustoz va murabbiylar kuni bilan qizg’in qutlab, ularga mustahkam sog’liq, ijodiy barkamollik, ham sharafli, ham mashaqqatli, ham mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda O’zbekiston milliy drama teatri aktyorlari O’zbekistonda xizmat ko'rsatgan aktrisa Ra’no Yarasheva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Farhod Abdullaev ishtirok etib ustozlarni ayyom bilan samimiy qutladi. So’ng fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur doirasida Vatanimiz va ustozlarni madh etuvchi she’rlar, shodon kuy – qo’shiqlar yangradi, badiiy chiqish, sahna ko’rinishlari va raqslar ijro etildi.

Tadbir davomida shu dargohning fidoyilari bo’lgan ulug’ va muxtaram ustozlarga bag’ishlab bayram dasturxoni yozildi hamda ularga fakultet dekani H. Sh. Qodirov tomonidan estalik sovg’alar ulashildi. Bayram tadbiri ko’tarinki ruhda o’tib, barcha ishtirokchilarning qalbiga quvonch ulashdi.