Universitet rektori "Kasb ta’limi" fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov joriy yilning 25 sentyabrida universitetning Kasb ta’limi fakulteti «Kompyuter grafikasi va dizayn» ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda shu yo‘nalishda dars berayotgan professor o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv qizg‘in va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Tafsilot

Batafsil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipov joriy yilning 25 sentyabrida universitetning Kasb ta’limi fakulteti «Kompyuter grafikasi va dizayn» ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda shu yo‘nalishda dars berayotgan professor o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv qizg‘in va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning ob’ektiv fikrlari yozma ravishda olindi.

Professor o‘qituvchilarning ta’lim–tarbiyaviy ishlar bo‘yicha faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, ularning ilmiy, ilmiy–pedagogik salohiyatini oshirish, faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. «Kompyuter grafikasi va dizayn» ta’lim yo‘nalishi talabalari istaklari asosida ta’lim texnologiyalarini xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida takomillashtirish, ta’lim mazmunini zamonaviy va ilg‘or fikrlar bilan doimiy boyitib borish, faol va izlanuvchan talabalarni qo‘llab quvvatlash, ularning safini kengaytirish, ilmiy–tadqiqot va jamoatchilik ishlariga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Muloqot davrida fakultetdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishga xizmat qiluvchi jihozlardan samarali foydalanish, ta’lim mazmuni va texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.