“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi

Joriy yilning 3 sentyabr kuni universitet talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tafsilot

Joriy yilning 3 sentyabr kuni universitet talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Batafsil

 

Joriy yilning 3 sentyabr kuni universitet talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” shiori madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi bosh mutaxassisi S.Saidjamolov, Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i M.Musaev, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri M.Qahhorova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda 390 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

Tadbirni universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.Qo‘ysinov kirish so‘zi bilan ochdi va tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan kurashish lozimligi to‘g‘risida so‘zladi.

 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi S.Saidjamolov so‘zga chiqib, talaba-yoshlarga murojaat qilar ekan, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan tahlikali davrda yashayotganligimizni, bir tomondan, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oyaviy tahdidlar - axborot xuruji, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari tinchlik va osoyishtalikka o‘z ta’sirini o‘tkazayotganligini, din niqobidagi siyosiy ekstremizm - allaqachon milliy, etnik, diniy va hududiy xususiyatini yo‘qotib, xalqaro muammoga aylanganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, bugungi kun yoshlarining vatanimiz kelajagi uchun yaxshi xulqli, bilimli, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishi lozimligi, shuning bilan birga doimo ogoh bo‘lmog‘i kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i M.Musaev o‘z so‘zida Mustaqillikka erishganimizning ilk kunlaridanoq, asosiy e’tibor yoshlar va ularga munosib kelajakni ta’minlashga qaratildi. Bu borada hukumatimiz tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident stipendiyasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Nihol davlat mukofotlari joriy etildi. Lekin shuncha yaratilgan shart-sharoitlarga qaramasdan, ba’zi g‘oyaviy immuniteti past, dunyoqarashi tor bo‘lgan, intellektual salohiyati yetarli bo‘lmagan yoshlarimiz bilib-bilmay turli yot oqimlarga kirib qolmoqda.

 

Shundan so‘ng, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri M.Qahhorova so‘zga chiqib Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 20 sentyabrdagi 795-sonli buyrug‘ining mazmun-mohiyati to‘g‘risida talaba-yoshlarga tushuntirish berdi hamda bugungi kunda islom dinini niqob qilib, noinsoniy harakatlarni olib borayotgan terrorchilik tashkilotlari qo‘lida qurol bilan musulmon davlatlarida olib borayotgan xunrezliklar hamda ekstremistik qo‘llanmalar tarqatish orqali dunyo yoshlarining ongini zaharlab o‘zlarining g‘arazli niyatlarini amalga oshirayotganligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda islom dinini niqob qilib, o‘zlarini musulmonman, deya qo‘poruvchilik, terrorchilik harakatlarini olib borayotgan va begunoh odamlarning o‘limiga sababchi bo‘layotgan manfur kimsalarning qilmishlari haqida talabalarga batafsil tushuntirib berdi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldi.