“Talabalarda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchanlik immunitetini rivojlantirish”

Nizomiy nomidagi TDPUda “Talabalarda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchanlik immunitetini rivojlantirish” mavzusida trening

Tafsilot

Nizomiy nomidagi TDPUda “Talabalarda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchanlik immunitetini rivojlantirish” mavzusida trening

Batafsil

Nizomiy nomidagi TDPUda “Talabalarda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchanlik immunitetini rivojlantirish” mavzusida trening  “Umumiy psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 06.10.2018 da o‘tkazilgan psixologik

TRENING DASTURI

 

                                 

Mashg‘ulot nomi

Mas’ullar

Vaqti

Kutilayotgan natija

1

Videorolik

Murabbiylar

5

daqiqa

Video

2

Tanishuv. Guruhda emotsional-ijobiy munosabatni o‘rnatish”

10 daqiqa

Trening ishtirokchilari o‘rtasida emotsional iliq munosabat o‘rnatiladi

3

“Bu mumkin emas”

15 daqiqa

Munosabatlar orientatsiyasi shakllanadi, ijodiy tafakkuri rivojlanish mustaqil fikrni namoyon qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganish

4

“Qadriyatlar”

15 daqiqa

Ishtirokchilar o‘zini qadriyatlarini o‘z vaqtida qadriga yetishni o‘rganadilar

5

“Rangli qo‘llar”

10 daqiqa

Guruhdagi psixologik iqlimni yaxshilash

6

Psixogimnastika“Gulchambar”

10 daqiqa

O‘zaro munosabatlarni tushunish

7

T-sxema

5

daqiqa

Psixologik treningdan fikr mulohazalar

Trening dasturi mazmuni

“Guruhda emotsional-ijobiy munosabatni o‘rnatish” treningi

     Hozir har birimiz o‘zimiz uchun 3ta ramziy belgi o‘ylab topamiz:

1.     Taxallus

2.     Ismingizning o‘ziga xosligi (Ramziy belgini qog‘ozda chizish kerak. U oddiy va ramziy bo‘lishi kerak.)

3.     Shior  (Shior qisqa va obrazli bo‘lishi kerak).

     Shunday qilib, taxallus, ismingizning o‘ziga xosligi va shior.

 

     Misol uchun: Zulfiya bo‘lsa “Zulya”, Doniyor bo‘lsa “Don”, Shoxrux bo‘lsa “Shox”. Shior maqsad bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.   Boshladik, marxamat yaxshi tamomlagandan keyin qog‘ozlarni almashtiramiz va  muhokama qilib, individual xususiyatlarni bir-birimizga ta’riflab  beramiz .

“Bu mumkin emas” mashqi

 

Maqsad: Munosabatlar orientatsiyasi shakllanadi, ijodiy tafakkuri rivojlanish mustaqil fikrni namoyon qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganish

 

O‘yinning borishi:

Guruh ikkiga bo‘linadi. Birinchi guruh o‘z istak-xohishlarini bayon qiladi, ikkinchi guruh esa bunga rad javobini berishi kerak. 10 minutdan keyin guruxlar o‘z o‘rinlarini almashadilar. O‘yin taxminan quyidagicha boshlanishi mumkin:

- Men bugun kechqurun internet kafega bormoqchi edim.

- Bu, mumkin emas, ...

- notanish shaxs taklif qilgan daromadli ishga kirmoqchiman.

         - Bu, mumkin emas, ...

- mafkuraviy immunitetsiz ham jamiyatda o‘z o‘rnini topish mumkin.

- Bu, mumkin emas, ...

- men bugun do‘stim bilan man etilgan saytlarga kirib ko‘rmoqchiman.

- Bu, mumkin emas, ...

 

         O‘yindan so‘ng xohishlarni rad qilish uchun qo‘llanilgan dalillar, ularning sabablari va mazmuni taxlil qilib chiqiladi. Boshlovchi quyidagicha xulosa qilsa bo‘ladi: "Asosli va asossiz rad etishlari bor. Ko‘pincha sizga ba’zi taqiqlar asossizday tuyulishi mumkin, biroq ularda xam maqsad, mazmun borligini inkor eta olmaymiz. Agar biz istagimiz nega rad etilayotganligini anglasak, tushunsak, bunga ko‘nishimiz osonroq bo‘ladi. Ba’zan o‘zimiz qilayotgan xatti-harakatlarimiz, istagimiz noo‘rin ekanligini ham anglab turamiz. Bunday xolda tushunishimiz qiyin bo‘lgan kechinmalarni his qilamiz".

“Qadriyatlar” mashg‘uloti

 

Maqsad: Shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasi tuzilishi muhimligiping ahamiyatlilik darajasini  his qilish va anglash.

Shart-sharoitlar: Mashq tinlantiruvchi, bir maromdagi musiqa sadolari ostida bajarilishi zarur. Bunda matn o‘qiyotgan boshlovchi ovozining qanday ohangda ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘yinning borishi:

         Ishtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog‘ozlarga o‘z hayotlaridagi eng qadrli narsalarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra yozib chiqishlari suraladi. Keyin varaqlar shunday aralashtiriladiki, eng qadrli  narsa  yozilgan  varaq oxirida turishi  kerak.  Boshlovchi ishtirokchilarga qandaydir hodisa ro‘y berib, birinchi varaqda yozilgan qadriyatdan mahrum bo‘lganliklarini his qilib ko‘rishlarini taklif qiladi. So‘ngra boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog‘ozni g‘ijimlab uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko‘rishlarini so‘raydi.

         Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanaqa hissiyot, qanaqa tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif qiladi. Keyin boshlovchi mo‘jiza ro‘y berib, qadriyatlarni birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e’lon qiladi va g‘ijimlangan qog‘ozlarni birma-bir qaytarib oladi. So‘ng ishtirokchilardan qadriyatlarning yo‘qotilgan paytdagi holati va g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo‘qotilgan paytdagi qadriyatlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi ekanligini so‘raydi. Agar guruh a’zolari qadriyatlarni ahamiyatiga ko‘ra o‘rinlarini almashtirgan bo‘lsa, buni ham bayon qilishlari kerak. Mashg‘ulot so‘ngida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalarni bayon etadi.

         Diqqat! Mashg‘ulot jarayonida ishtirokchilar kuchli ruhiy kechinmalarni, zo‘riqishlarni his qilishlari mumkin. Shuning uchun mashg‘ulot ortiqcha shovqin-suronsiz o‘tishiga, ortiqcha ovozlar bo‘lmasligiga, ishtirokchilarning bir-biriga halakit bermasligiga va begona odamlarning xonaga kirmasligiga e’tibor berish lozim. Shu bilan birga boshlovchi ham ishtirokchilarga diqqat-e’tiborli bo‘lishi zarur.

 

“Rangli qo‘llar”

 

Guruhdagi psixologik iqlimni yaxshilash va ishtirokchilarni kayfiyatini ko‘tarish

 

“Gulchambar” mashqi

 

Maqsad: O‘zaro munosabatlarni tushunish

Yo‘riqnoma: Trener boshchiligida ishtirokchilar qo‘llarini birlashtirgan holda treningdan olingan taassurotlar, ijobiy hissiyotlar bilan navbatma-navbat har bir ishtirokchi o‘z fikrini bildiradi.