“Innovatsion ta’lim texnologiyalari: mohiyati va qo’llanilishi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

13-oktabr 2018-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasining Shayxontohur tumanidagi 132-umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari: mohiyati va qo’llanilishi” mavzusida universitet olimlarining maktab o’qituvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi

Tafsilot

13-oktabr 2018-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasining Shayxontohur tumanidagi 132-umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Innovatsion ta’lim texnologiyalari: mohiyati va qo’llanilishi” mavzusida universitet olimlarining maktab o’qituvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi

Batafsil

Seminar-treningni Shayhantoxur tumani 132-maktab direktori Musametov Alijon Dexkanovich ochib berdi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori Ro’zieva Dilnoz Isomjonovna “Umumiy o’rta ta’lim maktablarida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik-psixologik aspektlari” mavzusida ma’ruza o’qidi. Seminar-treningda “Umumiy pedagogika” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna “Инновационные образователъные технологии в школьном образовании” mavzusida juda qiziqarli trening o’tkazdi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ARM direktori Xusanova Hilola Farruxovna so’zga chiqib, universitet ARM faoliyati bilan o’qituvchilarni tanishtirdi va hamkorlikda ish olib borish taklifini kiritdi. Mazkur taklif o’qituvchilar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Umumiy pedagogika kafedrasi katta xodim izlanuvchisi Rustamova Nodira Rustamovna “O’quvchilarning mediamadaniyatini shakllantirishda internet vositalarining ahamiyati” mavzuda bergan ma’lumotlari maktab o’qituvchilarida katta qiziqish uyg’otdi. Seminar-trening yakunida maktab o’qituvchilari o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Shundan so’ng, Shayhantoxur tumani 132-maktab direktori Musametov Alijon Dexkanovich seminar-treningda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma bilan taqdirladi. Tadbir yuqori saviyada mazmunli o’tkazildi