Nizomiy nomidagi TDPU qarashli 5-sonli Talabalar turar joyida “ZAKOVAT” intelektual o’yini.

Tafsilot

Batafsil

Toshkent davlat pedagogika universitetida bilimli talabalar ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning bilimlarini esa “Zakovat” kabi intelektual o’yinlar charxlaydi. Joriy yiling 18.10.2018 yil kuni soat 19:00 da 5-sonli talabalar turar joyida “ZAKOVAT” intelektual o’yini o’tkazildi. Unda har bir qavatdan bittadan ya’ni Ledear, Zukkolar, Adrenalin, Genius kabi jamoalar o’zaro berlashdilar. “Zakovat” o‘yini davomida turli mantiqiy savollar qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar. O‘yin oxirida Genius jamoasi g‘alaba qozondi. G’olib bo’lgan jamoa sertifikat bilan taqdirlandi.