Toshkent davlat pedagogika universitetiga A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti vakillari tashrif buyurdi

Rus tilini dunyo miqyosida targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti vakillari O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.

 

Rus tilini dunyo miqyosida targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti vakillari O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi. Milliy tilni xorijiy til sifatida maxsus o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi dunyoda yagona mazkur institut vakillari TDPU talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Rus tili davlat institutining faoliyati hamda dunyo bo‘ylab tashkil etilgan rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha maxsus loyihalari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarning rus tilini bilish darajalari maxsus trening asosida o‘rganildi.  

Ma’lumot uchun, ta’lim forumi doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsiyalar sohasida o‘zaro hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Universitet matbuot xizmati