“Pokizalik-salomatlik garovi” - Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida uchrashuv bo'lib o'tdi

17-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.A.Akramov rahbarligida Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi 402, 301, 302-guruh talabalari hamda fakultet xotin-qizlar kengashi raisi D.Xodiyeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.Abdullayev ishtirokida “Pokizalik-salomatlik garovi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

17-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.A.Akramov rahbarligida Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi 402, 301, 302-guruh talabalari hamda fakultet xotin-qizlar kengashi raisi D.Xodiyeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.Abdullayev ishtirokida “Pokizalik-salomatlik garovi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvga Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent shahar bo‘linmasi xodimi, ginekolog N.A.Rasulova taklif etildi.

Uchrashuvda xotin-qizlar kengashi raisi M.A.Sobirova, universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi N.Musayeva va fakultet dekani A.A.Akromov ishtirok etdi. Tadbirda mutaxassis tomonidan reproduktiv salomatlik, qarindoshlar orasida nikohning salbiy ta’siri haqida ma'lumot berildi. Talabalar respublikada reproduktiv salomatlik va tug‘ma nogironlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirildi.

Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob olishdi.