“She’riyat ila yoshlar qalbiga yo‘l” - shoir Bobur Bobomurod bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

“Pedagogika va psixologiya” fakultetida ma’naviyat kuni doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ijodiga bag‘ishlangan “She’riyat ila yoshlar qalbiga yo‘l” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tafsilot

“Pedagogika va psixologiya” fakultetida ma’naviyat kuni doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ijodiga bag‘ishlangan “She’riyat ila yoshlar qalbiga yo‘l” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Batafsil

2018 yil 25 oktabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakultetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ijodiga bag‘ishlangan “She’riyat ila yoshlar qalbiga yo‘l” deb nomlangan ma’naviy - ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga el suygan ustoz san’atkor B.Sultonov hamda estradamizning yorqin yulduzlari Farxod va Shirin, “Musiqiy ta’lim” kafedrasi dotsenti Davron Qodirovlar tashrif buyurdilar.

Tadbirni Ma’naviy - ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Musaeva ochib, shoirning ijodi va o‘ziga xos she’riyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Bobur Bobomurod o‘z hayotiy mulohazalarini yoshlar bilan bo‘lishar ekan, ularni vaqt qadriga yetib yashash, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lish yo‘lida ezgu ishlar qilishga chorladi.

Tadbirga tashrif buyurgan san’atkorlarning bir-biridan go‘zal kuy-qo‘shiqlari yangrab, davraga yanada ko‘tarinki ruh baxsh etdi.

Tadbir davomida “Pedagogika va psixologiya” fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan shoir qalamiga mansub bo‘lgan she’riy guldasta taqdim etildi. Mazkur uchrashuv savol-javoblar asosida yanada qizg‘in tus oldi.

Tadbir so‘nggida fakultet dekani X.Sh.Qodirov tashrif buyurgan mehmonlarga hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligi bildirdi va mehmonlarga estalik sovg‘alari taqdim etildi.

Mavzuga oid