Toshkentda Rossiya va O‘zbekistonning tarixiy–madaniy aloqalariga doir ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Rossiya va O‘zbekistonning tarixiy–madaniy aloqalari va hozirgi davrda gumanitar hamkorlikning istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Tafsilot

Toshkentda “Rossiya va O‘zbekistonning tarixiy–madaniy aloqalari va hozirgi davrda gumanitar hamkorlikning istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Batafsil

Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.Putinning 2018 yil oktyabr oyidagi tashrifi davomida yana bir muhim voqea O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi tashkil etildi. Ushbu forum ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim tizimidagi o‘zaro strategik hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish maydoniga aylandi, deyish mumkin.

Hamkorlikning amaliy davomi sifatida bugun, 26 oktyabr kuni Toshkentda “Rossiya va O‘zbekistonning tarixiy–madaniy aloqalari va hozirgi davrda gumanitar hamkorlikning istiqbollari ” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Orenburg davlat universiteti va “Evroosiyo davlatlari hamkorligi” ilmiy aksiyadorlik jamiyatlari hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada Rossiya gumanitar universiteti, Orenburg davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining Umumiy tarix instituti vakillari ishtirok etdi.

Konferesiyaning asosiy maqsadi  mintaqaviy oliy ta’lim muassasalariaro hamkorlikni faolashtirish,  Rossiya olimlari va professor-o‘qituvchilari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama hamkorlikning bosqichlari va istiqbollarini aniqlash, ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikning ilmiy negizlarini muhokama qilishdan iborat.

Konferensiyada hozirgi davrdagi tarix fanining dolzarb muammolari muhokama etildi. Xususan,  O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlik tarixi va rivojlanishi, hozirgi bosqichda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlik holati, rus va o‘zbek madaniyatining o‘zaro ta’siri va aloqalar, oliy ta’lim  sohasidagi hamkorlik, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlik aloqlarning rivojlanishida Orenburg mintaqasining o‘rni kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

                Konferensiyada oliy ta’lim muassasalarining tarixchi, filolog, siyosatshunos olimlari tomonidan qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi. Xususan, Toshkent davlat pedagogika universisteti rektori Sh.Sharipov, Orenburg universiteti huzuridagi janubiy Ural tarix va etnografiya ilmiy-tekshirish instituti rahbari V.Amelin, Rossiya Fanlar Akademiyasi Markaziy Osiyo instituti sektor mudiri T.Kotikova, Orenburg viloyati arxiv ishlari bo‘yicha Qo‘mita maslahatchisi T.Sudorgina, Moskva shahar pedagogika universiteti profesori E.Shafranskaya, O‘zbekiston Millliy universiteti professori, tarix fanlari doktori O.Kobzeva mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Konferensiya davomida “XVIII-XIX asrlar Rossiya-O‘zbekiston aloqalari tarixidan” deb nomlangan Orenburg davlat arxivi fondidan joy olgan tarixiy hujjatlar hamda yangi o‘quv-ilmiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Universitet matbuot xizmati