Fizika-matematika fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan “Talaba qizlar-pazanda va orasta” nomli amaliy tadbir o‘tkazildi

Nizomiy nomidagi TDPU fizika-matematika fakulteti “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari TTJ-5da 27 oktyabr 2018 yil “Talaba qizlar-pazanda va orasta” nomli amaliy tadbir o‘tkazishdi.

Tafsilot

Batafsil

 Talabalar turar joyi-5da yettinchi qavatdagi talaba qizlar ishtirokida “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” kafkdrasi professor-o‘qituvchilari: M.Mamatqulova, A.Akmalov, L.O‘rinboeva va J.Saparboevlar tomonidan amaliy tadbir o‘tkazildi. Tadbir 2 qismda olib borildi: 1 qismda kafedraning o‘qituvchisi M.Mamatqulova qizlar bilan birgalikda 3 turdagi: “Fransuzlar salati”, “Shprotli salat”, “Qush ini”  salatlarini tayyorlash jarayonini tushuntirib birgalikda pishirishdi.   

Tadbirning ikkinchi qismida talabalar kafedra professor-o‘qituvchilar M.Mamatqulova, A.Akmalov, L.O‘rinboeva va J.Saparboevlarga dasturxon tuzash turlarini ko‘rsatib berishdi, bunda dasturxon rangiga moslab idishlarni tanlash, qoshiq, sanchqi, pichoq va sochiqlarni joylashtirishning qoidalari haqida ma’lumot berishdi. Keyin o‘zlari tayyorlashgan salatlarni dasturxonga tortiq qilishdi va qavatdagi talabalar va o‘qituvchilarni dasturxonga taklif qilishdi. Salatlarni tayyorlash jarayonini va bezatishda foydalangan maxsulot va idishlarni nima uchun shu ko‘rinishda tanlashganini tahlil qilib berishdi.

Tadbirning mohiyati: talabalar vaqtini mazmunli o‘tkazish va qizlarimizni kelajakka turmush madaniyati sirlari bilan tanishtirib borish.  

Mavzuga oid