“Til-millat ko’zgusi”

Tafsilot

Batafsil

“Til-millat ko’zgusi”

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonuni qabul qilindi. “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinganligiga bu yil 29 yil to‘ldi. O‘tgan shu davrda ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ijo, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 7-sonli talabalar  turar joyida ham “Til-millat ko’zgusi” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotesent Ashurova Gulbahor Nurullayevna mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Tadbirda talabalar o’zlari tayyorlagan ashula, raqs va o’zbek tili haqidagi sherlari bilan ishtirok etdilar. Tilimiz tarixi haqida ko’plab qiziqarli ma’lumotlar berishdi.

 Tadbir yakunida Gulbahor Nurullayevna talabalar turar joyi kutubxonasiga badiiy va o’zlari muallif bo’lgan kitoblarni taqdim qildilar.

 

 

 

 

Mavzuga oid