“Til-millat ko‘zgusi” mavzusida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi

26-oktyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPUga qarashli 8-talabalar turar joyida Defektologiya fakulteti “Korreksion pedagogika” kafedrasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Shahriyor Xofiz boshchiligidagi “Navqiron“ guruhi hamkorligida “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tafsilot

Batafsil

26 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPUga qarashli 8-talabalar turar joyida Defektologiya fakulteti “Korreksion pedagogika” kafedrasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Shahriyor Xofiz boshchiligidagi “Navqiron“ guruhi hamkorligida “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda shoirlar – Rustam Mirvohid,  Shavkat Olimjon, Xurshid Abdurashid, Xusan Maqsud, Dilmurod Do‘st o‘zlarining ijodlari va ustozlar ijodidagi she’rlari orqali talabalarning tilimizga nisbatan hurmatini oshirishda, tilimizning boy tarixi bilan tanishtirishda va avlod-ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatni va milliy g‘urur shaklanishida o‘z hissalarini qo‘shdilar. 

Shahriyor Xofiz boshchiligidagi “Navqiron“ guruhi uchrashuvda o‘qilgan she’rlarni jonli ijroda kuylab, ijodiy kechani yana jonlantirdilar.

Shuningdek, uchrashuvda talabalar ham  o‘z ijodiy namunalari bilan ishtirok etishdi.

Ma'lumot uchun, ushbu ijodiy kecha 2018 yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Toshkent telekanali orqali “Toshkent vaqti” ko‘rsatuvida (soat 10:00 dan 11:00 ga qadar, soat 16:00 dan 17:00ga qadar takroran) yoritilishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid