TDPU tayanch doktoranti “Respublika yosh olimlarning innovatsion loyihalari” grant tanlovi g’olibi bo’ldi

O‘zbekiston Respublika Oliy majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab quvvatlash jamoat fondi tomonidan joriy yilning 29-31 okyatbr kunlari “RESPUBLIKA YOSH OLIMLARNING INNOVATSION LOYIHALARI” tanlovi tashkil etildi.

Tafsilot

O‘zbekiston Respublika Oliy majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab quvvatlash jamoat fondi tomonidan joriy yilning 29-31 okyatbr kunlari “RESPUBLIKA YOSH OLIMLARNING INNOVATSION LOYIHALARI” tanlovi tashkil etildi.

Batafsil

 

O‘zbekiston Respublika Oliy majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil joriy yilning 29-31 okyatbr kunlari “RESPUBLIKA YOSH OLIMLARNING INNOVATSION LOYIHALARI” tanlovi tashkil etildi. Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarining bakalavr, magistr, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarining ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarini natijadorligini oshirish, ishlab chiqarishga samarali joriy etish, ularning ilm-fan yutuqlariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvatlashga qaratilgan mazkur tanlov aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha olib borildi. Tanlovga topshirilgan 200 ta ilmiy ishlanmalardan 100 ta ilmiy ish saralab olindi. Ushbu loyihalar orasida muvaffaqiyatlilari va xalqaro darajadagi innovatsion loyihalar ham taqdim etilgan. Ishtirokchilar orasidan 3 nafar g‘olib saralab olindi. G‘oliblarning orasida Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Zoologiya va anatomiya kafedrasi 1-bosqich tayanch doktoranti Xamroqulova Zebiniso Xamroqulovna “O‘zbekistonning shimoli-sharqiy qismida tarqalgan kemiruvchilarning gelmintofaunasi va ularga qarshi kurash chora tadbirlarini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha bilan ishtirok etdi va birinchi o‘rinni egallab 10 mln so‘m miqdoridagi grant ajratildi.

Yosh olimani universitet jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz hamda ilm-fan yo'lidagi yutuqlari davomli bo'lishini tilaymiz.