Mutaxassis o`qituvchi direktor bo`la oladi

"Ta`lim to`g`risida"gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan maktab direktori oliy yoki birinchi toifali o`qituvchilardan tayinlanishi belgilab qo`yilgan ekan. Mutaxassis yoki ikkinchi toifali o`qituvchi maktab direktori lavozimiga tayinlanishi mumkin emasmi.

Tafsilot

Batafsil

O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturida maktab direktorining malaka talablari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktabrdagi 795-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori " asosida Xalq ta`limi vazirining 2018 yil 14 iyundagi 160-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Xalq ta'limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari" talablariga muvofiq belgilangan bo`lib, unga ko`ra umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori uchun: a) kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma`lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zaxiraga bo`shatilgan harbiy ofitser; b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; v) besh yildan kam bo'lmagan pedagogik yoki harbiy ish staji talab etilishi belgilangan.