1-kurs talabasi - o`qituvchi

Maxsus sirtqi bo`limning 1-kurs talabasi maktabda dars berishi mumkinmi?

Tafsilot

Maxsus sirtqi bo`limning 1-kurs talabasi maktabda dars berishi mumkinmi?

Batafsil

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi 930-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta`limni tashkil etish tartibi to`g`risida nizomning 5-bandi talablariga ko`ra: maxsus sirtqi ta'limga talabalarni qabul qilish: maxsus sirtqi shaklda - faqat tegishli yoki turdosh ta`lim yop`nalishi bo`yicha o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga va ta`lim yo`nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo`nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo`lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o`tgan; ikkinchi va undan keyingi oliy ma`lumot berishning sirtqi shaklda - oliy ma`lumotga ega bo`lgan (agar xorijiy oliy ta`lim muassasasini tugatgan bo`lsa, oliy ma`lumot to`g`risidagi xujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilingan) bo`lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o`tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligini inobatga olgan holda maxsus sirtqi bo`limga ish faoliyatidagi xodimlar qabul qilinishidan kelib chiqib, ish faoliyatini davom ettirishi mumkin.