Pedagog-psixolog qanday lavozimda ishlashi mumkin?

Oliy o`quv yurtining pedagogika - psixologiya yo`nalishida o`qigan mutaxassis qanday lavozimlarda ishlashi mumkin?

Tafsilot

Oliy o`quv yurtining pedagogika - psixologiya yo`nalishida o`qigan mutaxassis qanday lavozimlarda ishlashi mumkin?

Batafsil

vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi "Oliy ta'limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida"gi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori"da pedagogika va psixologiya yo`nalishi 5110900 kodi bilan belgilangan bo`lib, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori"ga muvofiq ushbu kod ostida quyidagi lavozimlarda ishlash mumkinligi belgilangan: 156. Bolalar uyi ktarbiyachisi; 158. O`quvchilar turarjoyi tarbiyachisi; 159. Kasbiy-texnik ta'lim muassasasi tarbiyachisi; 160. Tarbiyachi-metodist; 1359. Ta`lim tizimi inspektor-metodisti; 1504. Diniy-ma`rifiy va ma`naviy-ma`rifiy ishlar maslaxatchi; 1531. Koucher; 2134. Pedagog-tashkilotchi; 2291. Psixolog; 2292. Ta`lim muassasasi psixologi.