O`zbekistonda nechta shahar bor?

Ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston aholisi 2018-yil 1-oktabr holatiga ko`ra 33 milliondan oshdi. Ularning yarmidan ko`pi shaharlarda yashaydi. Shu o`rinda savol tug`iladi: mamlakatimizda nechta shahar bor? Shahar maqomi qachon beriladi?

Tafsilot

Ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston aholisi 2018-yil 1-oktabr holatiga ko`ra 33 milliondan oshdi. Ularning yarmidan ko`pi shaharlarda yashaydi. Shu o`rinda savol tug`iladi: mamlakatimizda nechta shahar bor? Shahar maqomi qachon beriladi?

Batafsil

Hozir respublikamizda 119 ta shahar mavjud. Aholi punkti shahar maqomini olishi uchun unda yashovchilar soni 7 ming va undan ko`p bo`lishi, istiqomat qilayotganlarning 2/3 qismini ishchi va xizmatchilar tashkil etishi kerak. Yurtimizda shaharlar bo`ysunuviga ko`ra 3 toifaga bo`linadi: bular - Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga bo`ysunadigan shaharlar, tumanlarga bo`ysunuvchi shaharlar hamda poytaxtimiz - Toshkent shahri. Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga bo`ysunadigan shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi bor, muhim ma`muriy ahamiyatga ega, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markaz deb hisoblangan shaharlar kiritlishi mumkin. Masalan, Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat bo`ysunuviga o`tkazilgan (2017-yil) eng yangi shaharlar hisoblanadi. Tuman bo`ysunuvidagi shaharlar turkumiga kamida 7 ming aholisi bo`lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi punktlari kiritilishi mumkin. Bundan tashqari, O`zbekiston aholi punktlari ichida shaharchalar (posyolka) ham bor. Ularning soni mingdan oshadi. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo`l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda kamida 2 ming aholisi bo`lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo`sunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan, Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq, Oliy Majlis; Qoraqalpog`iston Respublikasida hukumatining taklifiga muvofiq, Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.