O`zbekistonda nechta shahar bor?

Ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston aholisi 2018-yil 1-oktabr holatiga ko`ra 33 milliondan oshdi. Ularning yarmidan ko`pi shaharlarda yashaydi. Shu o`rinda savol tug`iladi: mamlakatimizda nechta shahar bor? Shahar maqomi qachon beriladi?

Tafsilot

Ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston aholisi 2018-yil 1-oktabr holatiga ko`ra 33 milliondan oshdi. Ularning yarmidan ko`pi shaharlarda yashaydi. Shu o`rinda savol tug`iladi: mamlakatimizda nechta shahar bor? Shahar maqomi qachon beriladi?

Batafsil

Hozir respublikamizda 119 ta shahar mavjud. Aholi punkti shahar maqomini olishi uchun unda yashovchilar soni 7 ming va undan ko`p bo`lishi, istiqomat qilayotganlarning 2/3 qismini ishchi va xizmatchilar tashkil etishi kerak. Yurtimizda shaharlar bo`ysunuviga ko`ra 3 toifaga bo`linadi: bular - Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga bo`ysunadigan shaharlar, tumanlarga bo`ysunuvchi shaharlar hamda poytaxtimiz - Toshkent shahri. Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga bo`ysunadigan shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi bor, muhim ma`muriy ahamiyatga ega, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markaz deb hisoblangan shaharlar kiritlishi mumkin. Masalan, Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat bo`ysunuviga o`tkazilgan (2017-yil) eng yangi shaharlar hisoblanadi. Tuman bo`ysunuvidagi shaharlar turkumiga kamida 7 ming aholisi bo`lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi punktlari kiritilishi mumkin. Bundan tashqari, O`zbekiston aholi punktlari ichida shaharchalar (posyolka) ham bor. Ularning soni mingdan oshadi. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo`l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda kamida 2 ming aholisi bo`lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo`sunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan, Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq, Oliy Majlis; Qoraqalpog`iston Respublikasida hukumatining taklifiga muvofiq, Jo`qorg`i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.

           O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi

(2018-yil 2-yanvar holatiga ko`ra)

 

Hududi

(ming kv.km)

Tumanlar soni

Jami shaharlar soni

Shu jumladan, respublika va viloyat bo`ysunuvidagi shaharlar

Shaharchalar soni

Qishloq aholi punktlari

Qoraqalpog`iston Respublikasi

166,6

15

12

1

26

1128

Andijon

4,3

14

11

2

79

455

Buxoro

40,3

11

11

2

69

1469

Jizzax

21,2

12

6

1

42

519

Qashqadaryo

28,6

13

12

2

117

1041

Navoiy

111,0

8

6

2

47

585

Namangan

7,4

11

8

1

115

391

Samarqand

16,8

14

11

2

88

1849

Surxondaryo

20,1

13

8

1

114

865

Sirdaryo

4,3

8

5

3

25

257

Toshkent vil.

15,3

15

16

7

95

878

Farg`ona

6,8

15

9

4

197

1021

Xorazm

6,1

10

3

2

56

548

Toshkent sh.

0,3

11

1

1

1

-

O`zbekiston Respublikasi

448,9

170

119

31

1071

11006

     O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining rasmiy ma`lumotlari asosida tuzilgan.

   Jadvalda ko`rishimiz mumkinki, mamlakatimizda shahar va shaharcha tipidagi aholi punktlaridan tashqari qishloq aholi punktlari ham mavjud. Ularning umumiy soni 11 mingdan ortadi.

Aholisining asosiy faoliyat turi qishloq xo`jaligini yuritish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa qishloq joylarga xos ishlar bo'lgan hududlar qishloq aholi punktlari deb yuritiladi. Qishloq aholi punktlari ham aholisi soniga ko`ra quyidagilarga bo`linadil:

Yirik aholi punktlari - aholisi soni 5 ming kishidan ko`p;

Katta aholi punktlari - aholisi soni 3 ming kishigacha;

Kichik aholi punktlari - aholisi soni ming kishigacha.

Mamlakatimizda aholining o`sish sur`ati qishloq aholi punktlari soni va maydoni kengayishiga olib kelmoqda. Katta qishloqlarda zamonaviy binolarga ega ta'lim muassasalari, madaniy-maishiy muassasalar, shifoxonalar jadal qurilmoqda. Ular tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlanmoqda. Shu tariqa qishloq aholisining turmush sharoiti shaharliklarnikiga yaqinlashmoqda. 

Shuningdek, qishloq joylarda kichik biznes va tadbirkorlik rivojlanishi tufayli ko`plab sanoat korxonalari barpo etilmoqda. Yuqoridagi omillar tufayli mustaqillik yillari ko`pgina qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi. Natijada mustaqillikkacha 60 foiz aholisi qisloqda istiqomat qilgan agrar respublikada urbanizatsiya darajasi ko`tarilib, aholimizning yarmidan ortig'i shaharlarda yashamoqda.