“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida davra suhbatlari. seminarlar  va boshqa ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazish xususida belgilab qo‘yilgan.

Tafsilot

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida”, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasida belgilangan “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini amalga oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Ana shu  vazifalarning  amaldagi  ijrosini ta’minlash  maqsadida 2018 yil 6 noyabr kuni “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassislari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bir guruh professor o‘qituvchilari, soha olimlari,  tadqiqotchilar va magistrant talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S. Sharipov, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi D.G.Tashmuxamedova, yu.f.n., professor O.Karimova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bir guruh olimlari so‘zga chiqib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy an’analar va qadriyatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir yakunida “Oila” markazi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy oilaviy qadriyatlarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.